Kreatorlar uchun OQIM ilovasi endi App Store va Google Play’da.
Shu paytgacha loyihalarni ko‘rish, ssenariy olish va daromadni kuzatish uchun saytga kirish kerak edi. Endi hammasi bitta ilovada: telefonni ochasiz va qaysi loyiha bor, qancha to‘lanadi, videongiz qaysi bosqichda ekanini darhol ko‘rasiz.
Qayerdan yuklab olish mumkin?
iPhone uchun ilova App Store’da.
Android uchun ilova Google Play’da, ko‘pchilik uni Play Market deb ham ataydi.
Ikkalasida ham ilova bepul. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Instagram akkaunti shart emas: Instagram’siz ham «Vazifalar» bo‘limidan boshlash mumkin.
Ilovada nimalar bor?
Asosiy sahifa — hamyoningiz, faol loyihalaringiz va eng so‘nggi reklama loyihalari bir joyda.
Loyihalar — brendlarning reklama loyihalari. Har birida mavzu, brif va to‘lov qo‘shilishdan oldin ko‘rinadi. O‘zingizga mos kelganiga qo‘shilasiz.
Vazifalar — Instagram’siz ishlash uchun. Brif bo‘yicha video olasiz va ilovaga yuklaysiz. Videoni sahifangizga joylash shart emas.
Daromad — qancha ishlaganingiz, qancha pul yo‘lda ekani va kartaga qachon yuborilishi.
Profil — ma’lumotlaringiz, Instagram akkauntingiz va sozlamalar.
Ssenariy ham ilovada
Loyihaga qo‘shilganingizdan so‘ng shaxsiy ssenariy shu yerning o‘zida yoziladi. Uni o‘zingizga moslab o‘zgartirasiz, nusxa olasiz va suratga olish paytida qarab turasiz.
Pul qanday yechiladi?
Brend videoni tasdiqlagach, daromad hamyoningizga tushadi. Balans 100 000 so‘mga yetganda pul Uzcard yoki Humo kartangizga yuboriladi.
To‘lov loyihaga qarab hisoblanadi: ko‘rishlar uchun, har bir Reels uchun yoki vazifadagi har bir video uchun. Qaysi biri ekani loyiha kartasida oldindan yozilgan bo‘ladi.
Tangalar
Faolligingiz uchun ilovada tangalar to‘playsiz va ularni sovg‘alarga almashtirasiz. Tangalar soni asosiy sahifaning yuqorisida turadi.
Ilovani baholang
Ilovani yuklab oldingizmi? Iltimos, unga baho bering va bir-ikki gap yozib qoldiring.
Bu biz uchun juda muhim. Har bir baho boshqa kreatorlarga ilovani topishga yordam beradi. Izohlaringiz esa nimani yaxshilash kerakligini ko‘rsatadi: qaysi tugma noqulay, nimani tushunish qiyin, yana nima kerak.
App Store’da baholash · Google Play’da baholash
Biror narsa ishlamasa yoki savolingiz bo‘lsa, Telegram’da @oqim_help ga yozing.




