O‘zbekiston bo‘ylab UGC kreatorlarni toping va bozorga tezroq kiring
OQIM O‘zbekistondagi kreatorlar platformasi. O‘zbek va rus tillarida Reels oladigan 4 500+ mahalliy kreator bilan ishlang: har biriga ssenariy, birinchi post 3 kunda.
Qo‘ng‘iroqqa yoziling — bepul4 500+kreator OQIMda




Kreatorlarimiz olgan videolar
Reklamaga o‘xshamaydigan reklama
Sardor543 ming obunachi
Nega OQIM?
O‘zbekistonda kreatorlar bilan reklama qilishning eng sodda yo‘li.
Qanday ishlaydi
Birinchi Reels uch qadamda:
- 1
Brifni yuboring
Mahsulot, auditoriya va byudjet haqida ayting. Kreatorlarni auditoriya, hudud va til bo‘yicha tanlaymiz yoki kreatorlar loyihangizga o‘zlari qo‘shiladi.
- 2
Har bir videoni tasdiqlang
Har bir kreatorga o‘zbek yoki rus tilida ssenariy yozamiz. Har bir draft avval sizga keladi, tasdiqingizsiz hech narsa chiqmaydi.
- 3
Reelslar chiqadi
Birinchi post 3 kunda chiqadi. Tekshirilgan ko‘rishlarni bitta kabinetda kuzating va faqat real natija uchun to‘lang.
O‘zbekiston bozori haqida gaplashamizmi?
Salom, men Shohabbos, OQIM COO’siman. Brendingizga qaysi kreatorlar mos kelishini, narxini va qanchalik tez boshlash mumkinligini ko‘rsataman.
O‘zingizga qulay vaqtni tanlang. O‘zbek, rus va ingliz tillarida gaplashamiz.
Nega O‘zbekiston
Onlayn yashaydigan va yangi brendlarni Instagram’da topadigan katta bozor.
- 38,2 mln
kishi O‘zbekistonda yashaydi
2026-yil 1-yanvar, Statistika agentligi - 33,1 mln
internet foydalanuvchisi, aholining 89%
2025-yil oktyabr, DataReportal - 14,1 mln
kishiga Instagram reklamasi yetadi
2025-yil oktyabr, DataReportal - 4 500+
o‘zbek va rus tillarida gapiradigan OQIM kreatori
2026-yil noyabr, OQIM
Manbalar: Statistics Agency of Uzbekistan · DataReportal, Digital 2026: Uzbekistan
Ko‘p beriladigan savollar
OQIMda nechta kreator bor?
O‘zbekiston bo‘ylab 4 500 dan ortiq kreator. Ko‘pchiligining obunachisi 100 000 dan kam, 72% esa faqat Toshkent uchun emas, butun mamlakat uchun kontent qiladi.
Biz O‘zbekistondan emasmiz. OQIM bilan ishlasa bo‘ladimi?
Ha. Qo‘ng‘iroqqa yoziling, o‘zbek, rus yoki ingliz tilida gaplashamiz. Siz brifni yuborasiz, har bir videoni onlayn tasdiqlaysiz va natijalarni kabinetda kuzatasiz.
Kreatorlar qaysi tillarda gapiradi?
O‘zbek va rus tillarida. Ssenariyni loyihangiz tilida yoki ikkala tilda yozamiz.
Qanchalik tez boshlash mumkin?
Brif kelishilgach, birinchi post 3 kunda chiqadi.
Narxi qancha?
Bu sizga nechta kreator va video kerakligiga bog‘liq. Qo‘ng‘iroqqa yoziling, byudjetingizga mos reja tuzib beramiz.
Feyk ko‘rishlar bilan nima qilasiz?
Modellarimiz shubhali ko‘rishlar o‘sishini avtomatik aniqlaydi, feyk ko‘rishlar uchun to‘lanmaydi.
Videolarni o‘z reklamamizda ishlatsak bo‘ladimi?
Ha. «Reklama videosi» tarifida reklamaga tayyor asl faylni olasiz.
















