OQIM $100 000 investitsiya bilan yangi bosqichga chiqdi
OQIM $100 000 miqdorida angel investitsiya jalb qildi. Investitsiya platformani rivojlantirish, texnologik infratuzilmani kuchaytirish va O‘zbekistonda creator marketing jarayonlarini yanada tizimli qilishga yo‘naltiriladi.
OQIM brendlar va Instagram kreatorlari o‘rtasidagi reklama jarayonini bitta platformaga olib keladi. Brend kampaniya yaratadi, kreatorlar ariza topshiradi, kontent tasdiqlanadi va Instagram Reels’da joylashtiriladi. OQIM platformasida natija shunchaki post joylanganiga qarab emas, tekshirilgan ko‘rishlar asosida hisoblanadi. Kreator esa olingan va tasdiqlangan ko‘rishlar soniga qarab haq oladi.
Jalb qilingan investitsiya OQIM’ga mahsulotni tezroq rivojlantirish, yangi imkoniyatlarni ishga tushirish va platformani keyingi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.
Biz hali yo‘lning boshidamiz. Lekin maqsadimiz aniq - O‘zbekistonda brendlar va kreatorlar o‘rtasidagi reklama jarayonini yanada shaffof, o‘lchanadigan va qulay qilish.
Bu hali boshlanishi. Eng katta ishlar oldinda.



