OQIM
OQIM narxlari

Reels va tekshirilgan ko‘rishlar uchun to‘lang

Har bir reklama loyiha uchun tarif tanlaysiz. Obuna ham, uzoq muddatli shartnoma ham yo‘q: bitta bank o‘tkazmasi, kreatorlarga OQIM o‘zi to‘laydi.

Reels soniga

400 000 so‘mdan

har bir Reels uchun

Boshlash
  • Har bir Reels uchun qat’iy narx
  • Joylanishidan oldin tasdiqlaysiz
  • Har bir kreatorga ssenariy

Target video

200 000 so‘mdan

har bir video uchun

Boshlash
  • Videoga huquq sizga o‘tadi
  • Reklamaga tayyor, belgisiz asl fayl
  • Har bir videoga ssenariy
Ikkilanyapsizmi?

Qo‘ng‘iroqqa yoziling

25 daqiqada mahsulotingizga mos tarif, kreatorlar va birinchi sinov narxini ko‘rsatamiz.

Qo‘ng‘iroqqa yozilish
  • Platformani ko‘rsatib beramiz
  • Tarif tanlashga yordam beramiz
  • O‘zbek, rus yoki ingliz tilida

25% xizmat haqi nima?

Har bir tarifga 25% OQIM xizmat haqi qo‘shiladi va uni brend to‘laydi. Bunga har bir kreatorga ssenariy, har 3 soatda ko‘rishlarni tekshirish, kreatorlarga to‘lov va loyihani boshidan oxirigacha olib borish kiradi. Kreatorlardan OQIM komissiya olmaydi.

Bitta shartnoma va bank o‘tkazmasi. Kreatorlarga mahsulot bilan to‘lash (barter) ham mumkin. Narxlar yakuniy emas: video murakkabligiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ortiqcha to‘lov yo‘q

Obuna to‘lovi yo‘q

Faqat reklama loyiha uchun to‘laysiz. Hech narsa o‘zi yangilanmaydi va avtomatik yechilmaydi.

Feyk ko‘rishlar uchun to‘lov yo‘q

Har bir Reels har 3 soatda beshta tekshiruvdan o‘tadi. Feyk deb topilgan ko‘rishlar hisobga olinmaydi.

Ishlatilmagan mablag‘ sizda qoladi

Byudjet to‘liq ishlatilmasa, qolgan mablag‘ OQIMdagi balansingizga qaytadi va keyingi loyihada ishlatiladi.

OQIMga ishongan brendlar

  • MAGNIT
  • Yunusabad Gallery
  • Ibrat Academy
  • TRK
  • Tingla
  • Mutolaa
  • E-bilim
  • Sino AI
  • FunPoint
  • Sevil
  • russian.gg
  • ProTochka
  • Sawab
  • Yangiobod sanatoriyasi

Ko‘p so‘raladigan savollar

OQIM bilan reklama qancha turadi?

Ishlashning uch yo‘li bor, obuna to‘lovi yo‘q: • Bazaviy + CPM: har bir Reels uchun 100 000 so‘mdan, ustiga 1 000 tekshirilgan ko‘rish uchun 15 000 so‘mdan. • Reels soniga: har bir Reels uchun 400 000 so‘mdan. • Target video: har bir video uchun 200 000 so‘mdan, Instagram’ga joylanmaydi. Har bir tarifga 25% OQIM xizmat haqi qo‘shiladi, uni brend to‘laydi; kreatorlardan komissiya olinmaydi. Narxlar yakuniy emas: videoning murakkabligiga qarab o‘zgarishi mumkin.

OQIM kreator daromadidan komissiya oladimi?

Yo‘q. OQIM kreatorlardan komissiya olmaydi. OQIMning 25% xizmat haqini brend o‘z narxi ustiga to‘laydi, u sizning daromadingizdan olinmaydi. Har to‘lovdan faqat 1% soliq ushlab qolinadi va uni OQIM o‘zi davlatga to‘laydi. Ayrim loyihalar soliqsiz bo‘ladi.

Byudjet to‘liq ishlatilmasa nima bo‘ladi?

Ishlatilmagan mablag‘ brendning OQIM balansiga qaytadi. Uni keyingi reklama loyihasida ishlatishingiz mumkin.

OQIMga qanday to‘laymiz?

Bitta shartnoma va bank o‘tkazmasi. Mablag‘ brend kabinetidagi hamyonga tushadi, OQIM esa har bir kreatorga o‘zi to‘laydi. Har bir kreator bilan alohida kelishish va hisob-kitob qilish shart emas. Ishlatilmagan mablag‘ hamyoningizda qoladi.

Feyk ko‘rishlar uchun ham to‘laymizmi?

Yo‘q. OQIM har bir Reelsning ko‘rishlarini har 3 soatda o‘zi o‘lchaydi va har bir o‘lchovni 5 ta tekshiruvdan o‘tkazadi. Shubhali o‘sishni jamoa ko‘rib chiqadi, feyk deb topilgan ko‘rishlar uchun to‘lanmaydi. Kreatorlarga botlar, sotib olingan ko‘rishlar va sun’iy faollik qat’iyan taqiqlangan.

Kreatorlarga mahsulot bilan to‘lasak bo‘ladimi?

Ha. Loyihada kreatorlarga pul o‘rniga mahsulot yoki vaucher berish mumkin (barter). Ssenariy, tasdiq va ko‘rishlarni tekshirish odatdagidek ishlaydi. Shartlarni qo‘ng‘iroqda kelishamiz.

Videolarni o‘z reklamamizda ishlatsak bo‘ladimi?

Ha. «Target video» tarifida har bir videoga huquq sizga o‘tadi: reklamaga tayyor, belgisiz asl faylni olasiz, video Instagram’ga joylanmaydi. Instagram loyihasi foydalanish huquqi bilan ochilsa, har bir Reelsni tasdiqlaganingizdan keyin uning toza asl faylini yuklab olib, o‘z reklamangizda ishlatasiz. Bu shartni loyiha kelishilganda belgilaymiz.